Italiyaning "Milan" klubi sobiq futbolchisi Kristian Veri ushbu klubga Massimiliano Allegri murabbiy etib tayinlangani haqida fikr bildirdi.

Uning fikricha, hozir "Milan"ga Allegrining tajribasi juda kerak bo'ladi.

"Agar unga ishonilsa, hammasi yaxshi bo'ladi. Hozir u "Milan"ga bor tajribasini berishi mumkin. Ammo unga yana yaxshi futbolchilar ham kerak va faqat transfer oynasi oxirida "Milan" kelasi mavsumda nima uchun kurashishini ishonch bilan aytish mumkin bo'ladi," - deya Verining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o'tamiz, Kristian Veri 2005 yilda "Milan" sharafini himoya qilgan. Italiya chempionatining yangi mavsumi avgust oyining ikkinchi yarmida boshlanadi.