"Milan" sobiq darvozaboni Donnarummaning yonini oldi

"Milan"ning sobiq darvozaboni Mario Ielpo Jamal Musiala og'ir jarohat olganidan keyin Janluiji Donnarummani himoya qildi.
Bu klublar o'rtasidagi jahon chempionatining chorak finalida sodir bo'ldi. Ielpo Donnarummaga nisbatan ayblovlarni ortiqcha deb hisoblamoqda.
"Bu maydondagi oddiy to'qnashuv, hech kim hech kimga jarohat etkazishni xohlamadi. Musialaning orqasida boshqa futbolchi borligi va u tayanch oyog'ini olib tashlay olmagani halokatli bo'ldi," - deya Ielponing so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.