"Bryugge" klubining shveytsariyalik tayanch yarim himoyachisi Ardon Yashari "Milan" futbolchisiga aylandi.

23 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolangan, Italiya va Belgiya klublari o'rtasidagi kelishuv 36 million evroga baholangan. Yashari ikkita fuqarolikka ega - Shveytsariya va Shimoliy Makedoniya.

Yosh futbolchi Shveytsariya terma jamoasida to'rtta o'yin o'tkazgan. Transfermarkt portali “rossonerilar”ning yangi futbolchisini 32 million evroga baholamoqda.