Italiyaning “Milan” klubi “Bryugge” yarim himoyachisi Ardon Yashari bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda uning ijtimoiy tarmoqlarida taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

«Bryugge» 23 yoshli shveytsariyalik uchun 39 million evro oladi. Futbolchi allaqachon tibbiy ko'rikdan o'tish uchun ruxsat olgan.

Kelishuv uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng tuzilgan, bu haqdagi ma'lumotlar 2 oy oldin paydo bo'lgan edi.