"Milan" o'ng qanot himoyachisi Zakari Atekamega qiziqish bildirmoqda.

Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, "rossonerilar" bugun "Yang Boyz" klubiga 7 million evroga teng ilk rasmiy taklifni taqdim etishdi. Muzokaralar davom etmoqda.

20 yoshli futbolchi Italiya jamoasiga qo'shilishni istaydi.

Shveytsariyalik futbolchi 2021 yildan beri "Yang Boyz" safida to'p tepmoqda. U o'tgan mavsumda chempionatda 30 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.