Yangi mavsum yaqin va "Milan" tarkibni kuchaytirish ustida ish olib bormoqda. Taniqli jurnalist Janluka di Martsioning saytida yozilishicha, "rossonerilar" hujum chizig'iga asosiy nomzod sifatida "Liverpul" forvardi Darvin Nunesni belgilagan.

Biroq, muzokaralar qiyin kechmoqda, chunki "Al-Hilol" ham forvardga qiziqish bildirmoqda, garchi u hali rasmiy taklif bilan chiqmagan bo'lsa-da. O'z navbatida "Milan" ham 26 yoshli futbolchi bilan aloqaga chiqqan edi.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Darvin Nunesni 45 million evroga baholamoqda.