"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunesning "Milan"ga o'tishi ehtimoli juda kam.

Urugvaylik futbolchi uchun kurashda "Al-Hilol" etakchi. Jurnalist Janluka di Martsioning ma'lumotiga ko'ra, Saudiya klubi 26 yoshli hujumchi bo'yicha muzokaralarda juda qat'iyatli va qulay shartlarni taklif qilishga tayyor - shunga ko'ra, "rossonerilar" futbolchi uchun raqobatda g'alaba qozonish uchun katta mablag' sarflashiga to'g'ri keladi. Bunday stsenariyni tasavvur qilish juda qiyin.

Turli ma'lumotlarga ko'ra, "Liverpul" Darvin Nunes uchun 60 milliondan 70 million evrogacha so'ramoqda. Transfermarkt portali futbolchini 45 mln evroga baholamoqda.