"Milan"ning yangi futbolchisi de Ketelare bilan solishtirilishi haqida gapirdi

"Milan"ning shveytsariyalik yangi a'zosi Ardon Yashari Sharl de Ketelare bilan taqqoslash haqidagi savolga javob berdi.
2022 yilning yozida Sharl xuddi Yashari bilan sodir bo'lganidek "Bryugge"dan "Milan"ga o'tgandi. Ammo de Ketelare "rossonerilar" safida muvaffaqiyatsizlikka uchradi va bir yil o'tar-o'tmas "Atalanta"ga sotildi.
"Biz de Ketelare bilan bir-birimizdan farq qilamiz, men boshqa pozitsiyada o'ynayapman, xarakterlarimiz turlicha. Men o'zimni u bilan solishtirmayman. Uning o'z karerasi bor, meniki ham. Bosim, inkor etmayman, sezilmoqda," - deya Yashari so'zlarini keltiradi pianetamilan.
Italiya chempionati kelasi haftadan boshlanadi, birinchi turda "Milan" "Kremoneze" bilan o'ynaydi.