"Milan"ning yangi a'zosi: "Orzu amalga oshdi"

"Milan"ning yangi a'zosi Ardon Yashari transferdan keyingi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Italiya grandi chorshanba kuni shveytsariyalik futbolchini Belgiyaning "Bryugge" klubidan sotib olganini e'lon qildi. Transfer qiymati 36 mln evroga baholanmoqda.
"Milan" bilan muzokaralar endigina boshlanganida, men darhol klubga va'da bergandim. Bolaligimdan bu erga kelishni orzu qilardim, mana endi orzum amalga oshdi," - deydi MilanTV telekanaliga bergan intervyusida 23 yoshli tayanch yarim himoyachisi.