"Milan" serbiyalik hujumchi Dushan Vlaxovichni sotib olish niyatidan qaytmayapti, ammo futbolchining Massimiliano Allegri bilan birlashishi yo'lida ikkita to'siq saqlanib qolmoqda, ikkalasi ham moliyaviy xarakterga ega.

Birinchidan, "Yuventus" futbolchi uchun 35 million evro so'ramoqda - bu, albatta, 2022 yil yanvarida uning uchun to'langan 70 million evrodan ko'p emas, ammo baribir "Milan" uchun juda ko'p. Ikkinchidan, o'yinchining maoshi haqida kelishib olish kerak - u transfer amalga oshishini istasa, talablarini jiddiy pasaytirishiga to'g'ri keladi.

Eslatib o'tamiz, A Seriyaning yangi mavsumi joriy hafta oxirida start oladi.