"Milan"ning sobiq futbolchisi Luka Antonini "Dubay Yunayted"da Andrea Pirloga yordam beradi.

Antonini klub akademiyasiga murabbiy va texnik direktor sifatida taklif qilingan.

Hozir 43 yoshda bo'lgan Antonini Italiya futbolidagi faoliyatini C seriyada "Prato" bilan boshlagan, 2004 yilda esa A Seriyada debyut qilish vaqti keldi - "Sampdoriya"da.

Antonini 2008 yildan 2013 yilgacha "Milan"da o'ynagan, 2011 yilda Italiya chempioni bo'lgan.