Pervis Estupinyan faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

"Milan" "Brayton"ning 27 yoshli chap qanot himoyachisi transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Italiya klubi futbolchi uchun 12 million evro taklif qilgan.

Angliyaliklarni bu taklif qoniqtirmadi - ular ekvadorlik futbolchi uchun ko'proq pul olishni istashdi. Shu bilan birga, futbolchining o'zi "Milan"ga o'tishni istashini ma'lum qildi.

O'tgan mavsumda Pervis Estupinyan APLda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 1 ta golga hammualliflik qilgan.