"Milan" Breel Emboloni sotib olishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Martsioning yozishicha, "rossonerilar" "Monako" hujumchisiga katta qiziqish bildirmoqda - shveytsariyalik hujumni kuchaytirish variantlaridan biri sifatida ko'rilmoqda.

Emboloning "Monako" bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. O'tgan mavsumda hujumchi Liga 1da 29 ta o'yinda 6 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.