“Milan” Mateta uchun kurashga qo'shildi

“Kristal Pelas” hujumchisi Jan-Filipp Mateta “Milan”ga o'tishi mumkin. Bu haqda L'Equipe xabar berdi.
Qayd etilishicha, 28 yoshli frantsiyalik forvard Massimiliano Allegri qo'l ostida ishlash iqtiqboli bilan qiziqadi.
London klubi Jan-Filipp transferidan 30 million evro ishlab olmoqchi. Bu summa “rossonerilar”ni qo'rqitmoqda.
Agar frantsiyalik futbolchini qo'lga kirita olmasa, “Milan” klubi “Yuventus”dan Dushan Vlaxovich yoki “Monako”dan Breel Emboloni sotib olishi mumkin. Monegasklar o'z forvardini 15 million evroga baholamoqda.
O'tgan mavsumda Mateta APLda 37 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.