"Milan" Ispaniya terma jamoasi himoyachisi orqali himoyasini kuchaytirmoqchi

"Almeriya" himoyachisi Mark Pubil yozda "Milan"ga o'tishi mumkin. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, italyan klubi 22 yoshli ispaniyalik futbolchining ehtimoliy transferi bo'yicha uning vakillari bilan bog'langan.
"Milan" Ispaniya terma jamoasi futbolchisi uchun "Vulverxempton" bilan kurashishga tayyor. Futbolchining o'zi A Seriyaga o'tishni ma'qul ko'rmoqda.
2024/25 yilgi mavsumda Pubil barcha musobaqalarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.