"Renn"ning so'nggi ikki mavsumdagi eng yaxshi to'purari "Milan" e'tiboriga tushdi.

Sky Sport Italia nashrining xabar berishicha, Arno Kalimuendo "Liverpul"dan Darvin Nunesga muqobil sifatida ko'rilayotgan hujumchilar qatoridan joy olgan.

Shuningdek, ro'yxatga Dushan Vlaxovich ("Yuventus") va Rasmus Xyoylund ("Manchester Yunayted") ham kiritilgan.

Nunesga kelsak, "rossonerilar" u bilan allaqachon gaplashgan, ammo umuman olganda, uning transferi bo'yicha muzokaralar murakkab deb baholanmoqda. Shuningdek, urugvaylik futbolchiga "Al-Hilol" ham da'vogarlik qilmoqda, biroq Saudiya klubidan hozircha rasmiy taklif bo'lmagan.