"Milan" hujumchisi uchun "Bolonya"dan kelgan taklifni rad etdi

Jurnalist Daniele Longoning ma'lum qilishicha, "Milan" "Bolonya"dan Noa Okaforni sotib olish huquqi bilan ijaraga olish taklifini olgan.
Biroq, "Milan" bu taklifni rad etdi. Klub 15-20 million evro atrofidagi mablag' evaziga faqat to'liq transferni ko'rib chiqishga tayyor. Qolaversa, futbolchi jamoa murabbiyi Massimiano Allegrini tobora ko'proq ishontirmoqda. Shveytsariyalik hujumchi "Pert Glori"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida (9:0) dubl qayd etgan bo'lsa, avvalroq "Liverpul"ga qarshi o'yinda (4:2) gol urgandi.
Okafor so'nggi olti oyni "Napoli"da ijarada o'tkazdi va u erda deyarli maydonga tushmadi - atigi to'rtta o'yin va umumiy 36 daqiqa.