"Milan" hujumchisi Massimiliano Allegri haqida o'z fikrlarini bildirdi

"Milan" hujumchisi Santyago Ximenes jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri haqida qanday fikrda ekanini aytdi.
Italiyalik murabbiy klubni tark etganidan 11 yarim yil o'tib yana klubga qaytdi. 58 yoshli murabbiy 2024/25 yilgi mavsum yakunida lavozimini tark etgan Serjiu Konseysau o'rnini egalladi.
"Agar oldingi bir necha oy bilan solishtiradigan bo'lsak, hozir jamoadagi muhit butunlay boshqacha. Allegri - butun tarkibni jipslashtira oladigan murabbiy, u aql bovar qilmas shiddat bilan ishlaydi. Uning qo'l ostidagi mashg'ulotlarning birinchi kunidanoq menda bizni ajoyib mavsum kutayotganini his qildim," - dedi Ximenes Sky Sport Italia nashriga bergan intervyusida.