"Milan" hujumchisi ingliz klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi

Noa Okafor tez orada "Lids" futbolchisiga aylanadi.
"Milan" vingerni bonuslar bilan birga 21 mln evroga sotishi xabar qilingandi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, Italiya va Angliya klublari allaqachon barcha kerakli hujjatlarni imzolagan, shveytsariyalik esa tibbiy ko'rikdan o'tgan. "Lids" transfer haqida payshanba kuni e'lon qiladi.
Okafor o'tgan mavsumda "Milan"da, shuningdek, "Napoli"da ijara asosida o'ynagan. U A Seriyada jami 15 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.