Noa Okafor "Bolonya"ga o'tishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Martsioning ma'lum qilishicha, "Bolonya" va "Milan" 25 yoshli yarim himoyachining transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. "Rossonerilar" shveytsariyalik futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga berishga tayyor.

Okafor o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Napoli"da ijarada o'tkazdi. 2024/25 yilgi mavsumda xavbek A Seriyada jami 15 ta o'yin o'tkazdi.