"Milan" himoyachisi yuqori natijalarga erishish uchun nima qilish kerakligini aytdi

"Milan" markaziy himoyachisi Fikayo Tomori jamoaning o'tgan mavsumda duch kelgan muammolari haqida gapirdi.
"Murabbiy ilk uchrashuvimizdayoq biz uchun barqarorlik muhimligini ta'kidladi. O'tgan mavsumda o'yinimizda tez-tez beqarorlikka duch kelardik, bu esa haqiqiy kuchimizni namoyon etishga to'sqinlik qilardi. Endi biz yuqori natijalarga erishish uchun yanada ongliroq va muvozanatli harakat qilishimiz zarurligini anglab etdik," - deb aytdi himoyachi.