"Milan" himoyachisi Tommazo Pobega "Bolonya"ga qaytmoqda. Jurnalist Janluka Di Martsioning yozishicha, 26 yoshli italiyalik futbolchi 2025/26 yilgi mavsumni "qizil-ko'klar" safida ijarada o'tkazadi, "Bolonya" esa kelishuv yakunlangach, futbolchini etti million evroga sotib olishga majbur bo'ladi. Ijaraning o'zi uchun klub "Milan"ga bir million evro to'laydi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda "Bolonya" Pobegani 12 mln evroga sotib olish imkoniyatidan foydalanmagan edi. Endi tomonlar yangi shartlar asosida kelishib oldilar. Italiya chempionatining 2024/25 yilgi mavsumida Pobega 21 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.