"Milan" himoyachi transferini rad etdi

"Strasburg" himoyachisi Gela Duening yaqin orada "Milan"ga o'tishi dargumon. "Rossonerilar" ivuarlik futbolchining transferi uchun 15 mln evro to'lashga tayyor edi, biroq frantsuz klubi rad javobini berdi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. "Strasburg" 22 yoshli futbolchining sotuvidan kamida 35 mln evro ishlab olmoqchi.
Gela Due markaziy himoyada ham, o'ng qanotda ham o'ynashga qodir. Transfermarkt saytidagi futbolchining taxminiy narxi - 18 mln evro. "Renn" tarbiyalanuvchisining "Strasburg" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Gela Duega Londonning "Chelsi" klubi ham qiziqish bildirayotgan edi.