“Milan” himoyachisi Ismail Bennaser faoliyatini Saudiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 27 yoshli jazoirlik futbolchiga Saudiyaning nomi oshkor etilmagan klubi tomonidan qiziqish bor.

Klub Bennaser bo'yicha taklif yuborishga tayyor. Futbolchi yangi mavsumda “Milan”ning rejalariga kiritilmagan.

O'tgan mavsumning ikkinchi yarmini Ismail “Marsel” klubida ijara asosida o'tkazdi.