"Milan" futbolchisi: "O'yinchilar Modrichga so'zsiz ishonishadi"

"Milan"ning yangi a'zosi Samuel Richchi joriy yozda klubga ko'chib o'tgan Luka Modrich haqida to'lqinlanib gapirmoqda. Richchi xorvatiyalik futbolchi o'zining obro'si va tajribasi tufayli allaqachon "Milan"ning yashirin etakchisiga aylanganini aytdi.
"Biz u bilan ko'p marta gaplashganmiz, u mendan Italiya haqida so'raydi, men undan Ispaniya haqida so'rayman. U juda kamtar, lekin aynan shu tufayli kiyinish xonasining etakchisiga aylangan. O'yinchilar unga so'zsiz ishonishadi. Unda hamma narsa eng tabiiy tarzda amalga oshadi," - deya Richchining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, bungacha Modrich ko'p yillar davomida Madridning "Real" klubida to'p tepgan edi.