"Milan" futbolchisi bilan shartnomani uzaytishga ishonmoqda

Milanliklar jamoaning asosiy futbolchilaridan biri bilan shartnomani uzaytira olishlariga ishonmoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, “rossoneri” va Kristian Pulishich o'rtasida yangi shartnoma bo'yicha kelishuv mavjud bo'lib, u keyingi to'rt mavsum uchun, ya'ni 2029 yilning iyun oyi oxirigacha hisoblab chiqiladi.
Qayd etilishicha, 26 yoshli amerikalik yangi shartnomaga ko'ra yiliga taxminan 5 million evro oladi.
Kristian Pulishich 2023 yilning yozida “Chelsi”dan 22 million evro evaziga “Milan”ga o'tgan edi. Bu vaqt ichida u italyan klubi safida barcha musobaqalarda 100ta o'yinda 32ta gol urdi va 23ta golli uzatmani amalga oshirdi.