Ismoil Bennaser faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

"Al-Ittihod" 27 yoshli yarim himoyachining transferi bo'yicha "Milan" bilan muzokaralarni boshladi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.

Saudiyaliklar uchun yana bir variant - "Zenit" xavbeki Vendelni o'z safiga qo'shib olish.

Joriy yilning fevral oyidan buyon Bennaser ijara asosida "Marsel" sharafini himoya qilib kelayotgan edi.