"Milan" futbolchisi A Seriyaning boshqa jamoasiga o'tmoqda

"Milan" Lorentso Kolomboni "Jenoa"ga ijaraga beradi.
Klublar 23 yoshli forvard borasida muzokaralarni yakunlashmoqda, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio.
Gap sotib olish sharti bilan ijara haqida ketmoqda. Qayd etilishicha, bu "Jenoa"ning A Seriyada jon saqlab qolishi, shuningdek, klubning o'yinlari va maqsadlariga qarab majburiy holga kelishi mumkin.
Bitimning umumiy summasi 10 million evroni tashkil qiladi.