"Milan" "Fiorentina" darvozabonini sotib oladi

"Milan" yozgi transfer oynasida darvozabon pozitsiyasiga yangi futbolchi olib keladi.
Nikolo Skira xabariga ko'ra, "rossonerilar" "Fiorentina"dan Pero Terrachchianoni Mayk Menyanga o'rinbosar sifatida olib keladi.
35 yoshli italiyalikning "binafsharanglilar" bilan shartnomasi kelasi yil yozida yakunlanadi. Transfermarkt uni 1 million evroga baholamoqda.