"Milan" Due uchun 18 million evrolik taklif bilan chiqdi

"Milan" "Strasburg"ga himoyachi Gela Due bo'yicha yangi taklif bilan chiqdi. "Rossonerilar" ivuarlik futbolchi uchun 18 mln evro to'lashga tayyorligini bildirdi, biroq yana rad javobini oldi, deb xabar bermoqda jurnalist Matteo Moretto. Italiya grandining avvalgi 15 mln evrolik taklifi ham rad etilgandi.
"Strasburg" 22 yoshli futbolchining narxini ancha yuqori - bonuslar bilan birga 30 mln evroga baholamoqda.
Transfermarkt portalida futbolchining narxi "Milan" taklif qilganidek, roppa-rosa 18 mln evro.
Gela Due - "Pari Sen-Jermen"ning 20 yoshli vingeri Dezire Duening akasi hisoblanadi.
A Seriyaning o'tgan mavsumida "Milan" bor-yo'g'i sakkizinchi o'rinni egallab, evrokuboklarga chiqa olmadi.