"Milan" o'z tarkibida darvozabon Mayk Menyanni saqlab qolmoqchi.

Manbaga ko'ra, "rossonerilar" xorij klublaridan qiziqish bo'layotganiga qaramay, yozda frantsiyalik futbolchini sotib yubormaydi.

"Milan" darvozabon bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Futbolchining amaldagi kelishuvi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.