"Milan"dan tashqari "Gent" himoyachisiga "Fenerbaxche" ham qiziqish bildirmoqda

Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Milan" va "Fenerbaxche" "Gent" chap qanot himoyachisi Archi Braunga qiziqish bildirmoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, 23 yoshli angliyalik futbolchining 8 million evro bahosi har ikki klubda ham e'tiroz bildirmayapti.
Braunning kelajagi bo'yicha qaror tez orada, muzokaralarning yangi raundi bo'lganda qabul qilinishi kutilmoqda.
"Gent" Braunni 2023 yilning yozida "Lozanna"dan 4 million evroga sotib olgandi. O'tgan mavsumda u 46 ta o'yinda 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.