"Milan" Belgiya terma jamoasi a'zosi uchun kurashda "Inter"ni ortda qoldirdi

"Jenoa" markaziy himoyachisi Koni de Vinter tez orada "Milan"ga ko'chib o'tishi mumkin.
"Rossonerilar" transfer shartlari bo'yicha "grifonlar" bilan kelishuvga yaqin. Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, kelishuv qiymati taxminan 20 million evroni tashkil etadi, muzokaralar yakuniy bosqichda. 23 yoshli futbolchining o'zi uchun 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tayyor.
E'tiborlisi, "Yuventus" o'z tarbiyalanuvchisining sotuvidan 5 million evroga ega bo'ladi.
Avvalroq Koni de Vinterga "Inter" jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Belgiyalikning Transfermarkt saytidagi baholangan narxi - 22 mln evro.