"Milan" "Arsenal" futbolchisi bo'yicha muzokaralarni boshladi

Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Yakub Kivyor faoliyatini Italiyaning "Milan" klubida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Sebasten Vidalning ta'kidlashicha, "Milan" "Arsenal" bilan Kiver bo'yicha muzokaralarga kirishgan. "Rossonerilar" Malik Tiav bilan xayrlashgach, 25 yoshli polyak bilan himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bitim qiymati 25-30 million evroni tashkil etishi mumkin.
O'tgan mavsumda Kivyor barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 2 ta golga hammualliflik qilgan.
Himoyachining "kanonirlar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.