Lionel Messining MLSdagi golli seriyasi tugadi. "Inter Mayami" MLSning navbatdagi turida mehmonda "Tsintsinnati"ga 3:0 hisobida mag'lub bo'ldi.

Florida klubi sardori Lionel Messi butun uchrashuvni maydonda o'tkazdi va gol ura olmadi.

Argentinalik futbolchi chempionatdagi so'nggi besh o'yinida ketma-ket beshta dubl qayd etdi.

Messi joriy mavsumda MLSning 17 o'yinida 16 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.