Messi va Jordi Alba diskvalifikatsiya qilindi

Lionel Messi va Jordi Alba MLSning bir o'yiniga diskvalifikatsiya qilindi.
Bunday sanktsiya ular MLS yulduzlarining Meksika ligasi yulduzlariga qarshi o'yinini o'tkazib yuborgani uchun qo'llanilgan. Messi va Alba 26 iyul, shanba kuni "Inter Mayami"ning "Tsintsinnati"ga qarshi o'yinida ishtirok eta olmaydi.
Amerika ligasi qoidalariga ko'ra, salomatligi bilan bog'liq uzrli sabablarsiz yulduzlar o'yinida ishtirok etishdan bosh tortgan har qanday o'yinchi bir o'yinga chetlatilishi kerak.