Bizning vaqt bilan payshanba tongida "Inter Mayami" Liga kubogi doirasida Meksikaning "Atlas" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mayami jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano Lionel Messi va Jordi Alba maydonga tushishga tayyormi, degan savolga javob berdi.

"Ha, agar ular yana diskvalifikatsiya qilinmasa", - hazil bilan gap boshladi Maskerano. "Messi ketma-ket ko'p o'yinlardan keyin dam olishiga to'g'ri keldi. Tanaffus unga foyda keltirdi. Endi u yangi o'yinlar marafonini boshlaydi va umid qilamanki, biroz tetikroq bo'ladi," - dedi mutaxassis jurnalistlarga.

Avvalroq Messi va Alba yulduzlar o'yinida ishtirok etmagani uchun diskvalifikatsiya tufayli MLS o'yinini o'tkazib yuborgandi.