Lionel Messi MLS'da ketma-ket 5 ta o'yinda dubl qayd etib, liga rekordini yangiladi.

Bugun "Inter Mayami" forvardi "Neshvill"ga qarshi o'yinda (2:1) ikkita gol urdi.

Avvalroq, 38 yoshli Argentina terma jamoasi futbolchisi "Nyu-Inglend Revolyushn" (2:1), "Monreal Impekt" (4:1, 4:2) va "Kolumbus Kryu" (5:1) bilan o'yinlarda dubl qayd etgandi. Umuman olganda, Messining MLS'dagi golli seriyasi 6 o'yinga etdi.

U mavsumda ligada 16 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

"Inter Mayami" safida mavsumning barcha musobaqalarida jami 27 ta o'yinda hujumchi 22 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.