Messi jarohat oldi va o'yin boshidayoq zaxiraga olindi

"Inter Mayami" Ligalar kubogi doirasida "Nekaksa"ga qarshi o'yinda Lionel Messini yo'qotdi. Uchrashuv boshidayoq argentinalik maydonga yiqilib, og'riqdan tipirchilab qoldi. 38 yoshli argentinalik futbolchiga shifokorlar yordam ko'rsatdi, biroq u o'yinni davom ettira olmadi - Xaver Maskerano 11-daqiqada yulduzni almashtirishga majbur bo'ldi.
Ko'ngilsiz voqeadan deyarli darhol "kutonlar" Telasko Segoviyaning sa'y-harakatlari bilan oldinga chiqdi, ammo quvonch uzoq davom etmadi, chunki 18-daqiqada Amerika jamoasi kamchilik bo'lib qoldi, 33-daqiqada esa mehmonlar hisobni tenglashtirishdi.
Lionel Messi "Inter Mayami" safida o'tkazgan 6 ta o'yinda 8 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning shikastlanish darajasi haqida keyinroq ma'lum bo'ladi.