Messi diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

Lionel Messi yaqinlashib kelayotgan MLS yulduzlar o'yinida ishtirok etmaydi, bunga uning to'pig'idan olgan jarohati sabab bo'lgan.
ESPN xabariga ko'ra, ushbu tadbirni o'tkazib yuboradigan argentinalik chempionatning bir o'yiniga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin - bunday sanktsiyalar liga reglamentida ko'zda tutilgan. Uchrashuvni uning "Inter Mayami"dagi sherigi Luis Suares ham o'tkazib yuboradi. Jamoadan ma'lum qilishlaricha, hujumchi tizzasida noqulaylik sezmoqda.
Eslatib o'tamiz, Messi MLSda ajoyib mavsum o'tkazmoqda - "Inter Mayami" safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
MLS yulduzlari va Meksika MX ligasining eng yaxshi o'yinchilari jamoasi o'rtasidagi o'yin 23 iyul kuni bo'lib o'tadi.