Messi diskvalifikatsiya qilindi

Kamerunlik suzuvchi Leonnel Messi Ngishi o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida 50 metrga chalqancha suzish musobaqasidan diskvalifikatsiya qilindi. Turnir Ruminiyada bo'lib o'tmoqda.
14 yoshli sportchi diskvalifikatsiya tufayli musobaqaning yarim finali yo'llanmasi uchun kurasha olmadi. U dastlabki bahsda ishtirok etdi va jarima oldi.
Bu haqda World Aquatics nashri xabar berdi.
O'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati 24 avgust kuni yakunlanadi. Unda rossiyalik sportchilar neytral sifatida ishtirok etishmoqda.