Mendesh "Inter" himoyachisini "Barselona"ga tavsiya qilishda davom etmoqda

Denzel Dyumfris "Barselona"ga o'tishi mumkin.
Sport Mediaset nashrining xabar berishicha, agent Jorje Mendesh Ispaniya chempioni vakillari bilan uchrashib, “Inter” himoyachisini sotib olishni taklif qilgan. Niderlandiyalik futbolchini shu oy oxirigacha 25 million evroga sotib olish mumkin.
Qayd etilishicha, bu mablag' zudlik bilan, bir yo'la to'lanishi kerak va kataloniyaliklarning hozircha bunday xarajatlarga qurbi etmaydi. Shu bois, milanliklar o'zlarini "xotirjam" his qilishmoqda.
2024/25 yilgi mavsumda A Seriyada Dyumfris 29 o'yin o'tkazdi va 7 gol urdi.