Mbeumo qaysi pozitsiyada o'ynash qulayroq bo'lishini aytdi

"Manchester Yunayted" vingeri Brayan Mbeumo qaysi pozitsiyada o'ynashni ma'qul ko'rishini aytdi.
"Qizil iblislar" 25 yoshli kamerunlikni "Brentford"dan sotib oldi. Transfer o'tgan hafta boshida rasman e'lon qilindi.
"Zamonaviy futbolda asosiy pozitsiyadan tashqari bir nechta pozitsiyalarda moslasha olish va o'ynay olish kerak. Ha, "Brentford"da ko'pincha vinger bo'lganman, lekin aniq pozitsiyam yo'q. Meni ham "o'nlik" va hatto "to'qqizlik" rolida ham o'ynatishdi. Bu pozitsiyalarning barchasida o'ynashga qodirman, murabbiy meni ko'rgan har qanday joyda o'zimni ko'rsatishga tayyorman. Men o'zimga nisbatan talabchanman, doimo o'z ustimda ishlashga harakat qilaman va o'zimni qandaydir chegaralar bilan cheklashni yoqtirmayman," - deya mankunianliklarning yangi a'zosining so'zlarini keltiradi Mail Sport.
Brayan Mbemoning "Manchester Yunayted"ga transferi 75 mln evroga baholangan.