"Brentford" hujumchisi Brayan Mbeumo faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettiradi.

Kecha kamerunlik vinger jamoa uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi va 5 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa, Mbemoning "MYu" mashg'ulotlar libosidagi surat tarqaldi. Futbolchi klubda o'ziga 19-raqamni tanlagan bo'lishi mumkin.