Mbemo: "MYu"ning taklifini yo'q deb javob berish qiyin"

Hujumchi Brayan Mbemo "Manchester Yunayted"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.
25 yoshli kamerunlik forvard 75 million evro evaziga "Brentford"dan ko'chib o'tdi.
"Manchester Yunayted"ga o'tish imkoniyati borligini bilishim bilanoq, bu imkoniyatdan foydalanib, o'zim orzu qilgan klub, bolaligimda ishqibozlik qilgan jamoam bilan shartnoma imzolashim kerak edi.
Bu erda Ruben Amorimdan o'rganib, jahon miqyosidagi futbolchilar bilan birga o'ynab, keyingi bosqichga chiqish uchun ruh va xarakterga ega ekanligini bilaman", — dedi Mbemo klub matbuot xizmatiga.
O'tgan mavsumda Brayan "gol+assist"da 20+7 ochko to'plagandi. Brayan Mbemoning shartnomasi 2030 yilning iyuniga qadar amal qiladi va uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.