Mbappe yana ishkalga aralashib qoldimi?

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasini qo'riqlash vaqtida politsiyachilar katta miqdorda pul olgani bo'yicha ishda ishtirok etdi.
RMC Sport xabariga ko'ra, 2023 yilda futbolchining hisobidan 5 nafar politsiyachiga jami 180 300 evro o'tkazib berilgan. To'rt nafar xodim 30 ming evrodan, ularning rahbari esa 60,3 ming evro olgan.
Futbolchining versiyasiga ko'ra, u shunchaki futbolchilarning xavfsizligini ta'minlagan odamlarni mukofotlamoqchi bo'lgan. Mbappe huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilishga tayyor.