Kilian Mbappe "PSJ"ga qarshi o'yinlarda o'zining omadsiz seriyasini davom ettirmoqda. 26 yoshli frantsuz asosiy tarkibda maydonga tushgan KO'JCh yarim finalida "Real" parijliklarga yirik 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi.

E'tiborlisi, Mbappe "Monako" va "Real" safida jami 5 ta o'yinda "PSJ"ga qarshi maydonga chiqqan va ularda birorta golda qatnashmagan.

U 2024 yil yozida "PSJ"dan erkin agent sifatida "Real"ga o'tgandi.