"Manchester Siti" Puma bilan hamkorlikni uzaytirdi.

Ingliz klubi texnik homiy bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi. "Shaharliklar" Puma bilan 2019/20 yilgi mavsumdan buyon hamkorlik qilib kelmoqda.

Manchester Evening News xabariga ko'ra, shartnoma 2034/35 yilgi mavsumgacha mo'ljallangan va "Siti"ga har mavsumda 100 million funt keltiradi - bu Premer-liga tarixidagi texnik homiy bilan eng yirik kelishuvdir.