Matuidi o'zini hayron qoldirgan "Yuventus" futbolchisini aytdi

"Yuventus"ning sobiq yarimhimoyachisi Blez Matuidi hujumchi Kenan Yildizning o'yinidan hayratlanganini bildirdi.
"Ajoyib futbolchi. Men uni bir yil davomida televizorda kuzatdim, ammo uni jonli ko'rish yanada yoqimliroq bo'ldi. U to'pni boshqarishi va raqiblardan ustun kelishi bilan meni chin dildan lol qoldirdi. U yangi "Yuventus"ning kelajakdagi etakchisi. Bu jamoaga vaqt berish kerak - shunda u cho'qqiga qayta ko'tarilishi mumkin", - deydi Matuidi.
"Yuventus" o'tgan Seriya A musobaqasida to'rtinchi o'rinni egalladi.