“Lion”ning serbiyalik yarim himoyachisi Nemanya Matich Frantsiya 1-ligasining yangi mavsumi boshlanishi arafasida erkin agentga aylandi.

Eslatib o'tamiz, mashhur himoyachi “Lion”da bir mavsum o'tkazdi. O'tgan yozda "to'quvchilar" uni 2,4 million evro evaziga Liga 1ning boshqa bir klubi "Renn"dan sotib olishgandi.

Matich faoliyatining avvalida Angliyada bir necha yil "Chelsi" va "Manchester Yunayted", shuningdek, "Benfika", "Roma" va boshqa klublar tarkibida o'ynagan.